Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni o`lib yotganidan keyin qanday tiriltirur?! Albatta, ana shu Zot o`liklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir. Rum 30:50 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Allohning rahmati ila yogʻgan yomgʻir izlariga nazar soling. Alloh qaqrab yotgan oʻlik yerni tiriltirib, undan turli xil oʻsimliklarni undirib chiqarganini koʻring. Qurib ketgan yerga jon baxsh etgan Zot oʻliklarni ham tiriltirguvchidir. U Zot har narsaga Qodirdir. Uning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻqdir.