Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Luqmon — Oyat 16 (Oʻzbekcha) — Video

Luqmon • Oyat 34 dan 16 • Oʻzbekcha


يَا بُنَيَّ إِنَّهَا إِنْ تَكُ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِنْ خَرْدَلٍ فَتَكُنْ فِي صَخْرَةٍ أَوْ فِي السَّمَاوَاتِ أَوْ فِي الْأَرْضِ يَأْتِ بِهَا اللَّهُ ۚ إِنَّ اللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ 16
Tarjima:
«Ey o`g`ilcham, albatta, u (amal) agar achitqining bir dona urug`icha bo`lsa-yu, u bir qoya tosh ichida yoki osmonlarda yoxud yerda bo`lsa ham, Alloh uni keltirur. Albatta, Alloh o`ta lutfli va o`ta xabardor Zotdir.» Luqmon 31:16
Tafsir:
Ey oʻgʻilcham, yaxshilik boʻlsin, yomonlik boʻlsin, bir xardal urugʻidek boʻlsin, u hech kim koʻrmaydigan bir tosh ichida boʻlsin yo osmonlarda boʻlsin yoki yerda boʻlsin, Alloh uni Qiyomat kuni keltiradi. Keyin bandaga oʻsha ishiga yarasha jazo yoki mukofotini beradi. Alloh eng mayda, nozik ishlardan ham Xabardor, Latif - narsalarning mohiyatini juda yaxshi biladigan Ogoh Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Luqmon • Oyat 15 Keyingi Luqmon • Oyat 17