«Odamlardan takabbur-la yuz o`girma va yer yuzida kibr-havo ila yurma. Albatta, Alloh hech bir mutakabbir va maqtanchoqni sevmas.» Luqman 31:18 ⧉
Tafsir:
Takabburlik bilan odamlardan yuz oʻgirma. Yer ustida kibrlanib, oʻzingga bino qoʻyib yurma. Alloh takabburlik qiladigan, oʻziga ato etilgan nematlardan bosar-tusarini bilmay, odamlardan oʻzini katta oladigan, nematlar uchun Allohga shukr qilmaydigan hech bir kimsani yoqtirmas.