Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Luqman — Oyat 20 (Oʻzbekcha) — Video

Luqman • Oyat 34 dan 20 • Oʻzbekcha


أَلَمْ تَرَوْا أَنَّ اللَّهَ سَخَّرَ لَكُمْ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ وَأَسْبَغَ عَلَيْكُمْ نِعَمَهُ ظَاهِرَةً وَبَاطِنَةً ۗ وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يُجَادِلُ فِي اللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَابٍ مُنِيرٍ 20
Tarjima:
Alloh sizlarga osmonlardagi narsalarni va yerdagi narsalarni beminnat xizmatkor qilib qo`yganini va sizga zohiriy va botiniy ne'matlarni mukammal qilib berganini bilmadingizmi?! Odamlar orasida ilmsiz, hidoyatsiz va ravshan kitobsiz (bo`la turib) Alloh haqida tortishadiganlari ham bor. Luqman 31:20
Tafsir:
Ey odamlar, Alloh sizlarga osmonlardagi quyosh, oy, yulduzlarni, yerdagi hayvonot va nabotot olamini yaratib, ulardan foydalanish imkonini sizlarga berib qoʻyganini koʻrmayapsizlarmi?! Sizlarning tashqi qiyofangizni goʻzal aylab, aql, ilm kabi botiniy nematlarni ham ato etib, nematini yanada toʻla qilib berdi. Shuncha nematlar ichida boʻlishiga qaramasdan, ayrim insonlar na bir vahiyga, na bir yorqin aqlga va na bir ochiq kitobga ega boʻlmay turib, Allohning tavhidi haqida mujodala qiladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Luqman • Oyat 19 Keyingi Luqman • Oyat 21