Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan?» deb so`rasang, albatta, «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin», deb ayt. Yo`q! Ko`plari bilmaslar. Luqman 31:25 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, oʻsha mushriklardan: "Osmonlarni kim yaratgan, yerni kim yaratgan", deb soʻrasangiz, "Alloh", deb javob berishlari tayin. Ularga ayting: "Sizlarga hujjatni keltirib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin". Yoʻq! Ularning koʻplari hamdu sanoga kim loyiq ekanini bilmaydilar.