Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Luqman — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

Luqman • Oyat 34 dan 28 • Oʻzbekcha


مَا خَلْقُكُمْ وَلَا بَعْثُكُمْ إِلَّا كَنَفْسٍ وَاحِدَةٍ ۗ إِنَّ اللَّهَ سَمِيعٌ بَصِيرٌ 28
Tarjima:
Sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham faqat bir jonni (yaratish va qayta tiriltirish) kabidir. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchidir. Luqman 31:28
Tafsir:
Ey odamlar, sizlarni yaratish va Qiyomat kuni hisob-kitob uchun qayta tiriltirish birgina jonni yaratish va qayta tiriltirishdek yengil ishdir. Alloh hamma narsani eshitib turadi. Biron narsa Uning eshitishiga xalaqit bermaydi. U hamma narsani koʻrib turadi. Biron narsa Uning koʻrishiga xalaqit qilmaydi. Shuningdek, Uning yaratishi va qayta tiriltirishiga ham biron narsa xalaqit qila olmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Luqman • Oyat 27 Keyingi Luqman • Oyat 29