Bu, albatta, Allohning O`zi haq, albatta, Undan o`zga iltijo qilayotganlari botil va, albatta, Allohning O`zi eng yuksak va eng buyuk zot ekanidandir. Luqmon 31:30 ⧉
Tafsir:
Mana shu tadbir va oʻlcham koʻrsatib turibdiki, yolgʻiz Allohgina Haqdir. U Oʻzining zotida ham, sifatlarida ham, ishlarida ham Haqdir. Mushriklarning Allohni qoʻyib, iltijo qilayotgan butlari esa botildir. Alloh Oʻzining zotida ham, gʻolibligi va qudratida ham hamma maxluqotlardan Oliydir. U hamma narsadan Buyukdir.