Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Luqmon — Oyat 33 (Oʻzbekcha) — Video

Luqmon • Oyat 34 dan 33 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمْ وَاخْشَوْا يَوْمًا لَا يَجْزِي وَالِدٌ عَنْ وَلَدِهِ وَلَا مَوْلُودٌ هُوَ جَازٍ عَنْ وَالِدِهِ شَيْئًا ۚ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُمْ بِاللَّهِ الْغَرُورُ 33
Tarjima:
Ey odamlar! Robbingizga taqvo qiling va ota bolasiga foyda bera olmaydigan, bola otasiga biror narsada foyda berguvchi bo`lmaydigan Kundan qo`rqing. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, hayoti dunyo sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin. Luqmon 31:33
Tafsir:
Ey odamlar, Parvardigoringizdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilinglar. Ota bolaga, bola esa otaga biron narsada asqotmaydigan kundan qoʻrqinglar. Allohning Qiyomat kuni jazo yoki mukofot berish haqidagi vadasi haqdir. Bu ish aniq sodir boʻlgay. Shunday ekan, sizlarni dunyo hayoti va undagi shahvatlaru lazzatlar aldab qoʻymasin. Sizlarni shayton Allohning halimligi bilan aldab qoʻymasin va Allohning jazoni kechiktirayotgani ham sizlarni aldab qoʻymasin.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Luqmon • Oyat 32 Keyingi Luqmon • Oyat 34