Ey Nabiy, Biz senga mahrlarini bergan juftlaringni, Alloh senga o`lja qilib bergan qo`l ostingdagi(cho`ri)larni, amakingning qizlari, ammalaringning qizlari, tog`angning qizlari, xolalaringning qizlaridan sen bilan hijrat qilganlarini halol qildik. Va agar bir mo`mina ayol o`z nafsini Nabiyga hadya etsa, Nabiy uni nikohlab olishni iroda qilsa, sen uchun maxsus halol qildik. Mo`minlarga emas. Ularga juftlari va qo`llari ostidagi mulk(cho`ri)lari haqida nimani farz qilganimizni bilurmiz. Buni senga tanglik bo`lmasligi uchun qildik. Alloh o`ta mag`firatli va o`ta rahimli Zotdir.
Al-Ahzab 33:50 ⧉