Albatta, Allohga va Uning Rasuliga ozor beradiganlarni Alloh bu dunyo va oxiratda la'natladi hamda ularga xorlovchi azobni tayyorlab qo`ydi. Ahzob 33:57 ⧉
Tafsir:
Alloh va Rasuliga tili yo qoʻli bilan ozor beradiganlarni Alloh bu dunyoda ham, oxiratda ham Oʻz rahmatidan quvadi va ularga qilmishlariga yarasha jazo sifatida xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻygan.