Yuzlari olov ichida aylantirilayotgan kunda ular: «Eh, koshki, Allohga itoat qilsak edi, Rasuliga itoat qilsak edi», derlar. Ahzob 33:66 ⧉
Tafsir:
Yuzlari jahannam oʻtida aylantirilib kuydirilganda hasratu nadomatlar chekib: "Dunyo hayotimizda Allohga buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila itoat qilganimizda qani edi, Paygʻambarning Parvardigori tarafidan olib kelgan risolatiga itoat qilganimizda qani edi", deb qoladilar.