Sen: «Men sizlardan hech bir ajr-haq so`ramadim. Bas, u sizga bo`lsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. U zot har bir narsaga O`zi shohiddir», deb ayt. Saba 34:47 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi haqni tan olmaydigan mushriklarga ayting: "Hidoyat va ezgulikni olib kelganim uchun sizlardan biron ajr, haq soʻramadim. U oʻzinglarga boʻlsin. Menga beriladigan savob yolgʻiz Allohning zimmasidadir. U Zot har narsaga Shohiddir. Mening sizlarga yetkazganimga ham, sizlarning qilayotgan ishlaringizga ham Oʻzi guvoh boʻlib turibdi. Yaqinda jazo yoki mukofotingizni toʻla qilib beradi.