Sen: «Agar men zalolatga ketgan bo`lsam, o`z zararimga ketaman. Agar hidoyat topsam, Robbim menga vahiy qilgan narsa tufayli topaman. Albatta, U zot o`ta eshitguvchi, yaqindir», deb ayt. Saba 34:50 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar anavi haqni tan olmaydigan mushriklarga ayting: "Haq yoʻldan ozsam, uning zarari oʻzimga boʻladi. Sizlarga hech qanday zarar yetmaydi. Hidoyat topsam, u Parvardigorim menga yuborgan vahiy sharofatidan boʻladi. U bandalarining gaplarini eshitib turguvchi Zotdir. U Oʻz ilmi bilan shu qadar yaqinki, pichirlab aytilgan gapni ham eshitadi.