Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fatir — Oyat 18 (Oʻzbekcha) — Video

Fatir • Oyat 45 dan 18 • Oʻzbekcha


وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ وَإِنْ تَدْعُ مُثْقَلَةٌ إِلَىٰ حِمْلِهَا لَا يُحْمَلْ مِنْهُ شَيْءٌ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰ ۗ إِنَّمَا تُنْذِرُ الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ بِالْغَيْبِ وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ ۚ وَمَنْ تَزَكَّىٰ فَإِنَّمَا يَتَزَكَّىٰ لِنَفْسِهِ ۚ وَإِلَى اللَّهِ الْمَصِيرُ 18
Tarjima:
O`zi yukli jon o`zga jonning yukini ko`tara olmas. Yuki og`ir jon o`z yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa ko`tarilmas. Garchi qarindosh bo`lsa ham. Sen faqat g`aybdagi Robbilaridan qo`rqadigan va namozni to`kis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, o`zi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir. Fatir 35:18
Tafsir:
Biron gunohkor jon boshqa bir gunohkor jonning gunohini koʻtara olmaydi. Hamma faqat oʻzining gunohini koʻtarib yuradi. Gunohi ogʻir bir kimsa boshqalarni yordamga chaqirsa, hatto qarindoshi boʻlsa ham uning gunohini koʻtarishib yubora olmaydi. Ey Paygʻambar, siz Parvardigorlaridan gʻoyibona qoʻrqadigan va namozni toʻkis ado etadigan zotlarnigina ogohlantira olursiz. Chunki ogohlantirish faqat oʻshalargagina tasir qiladi. Kim gunohlardan, shirkdan poklansa, oʻzi uchun poklanadi. Chunki bu ishdan faqat oʻzi foyda koʻradi. Alloh uning toat-ibodatidan Behojat. Qiyomat kuni hisob va jazo yoki mukofot uchun qaytish yolgʻiz Allohgadir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fatir • Oyat 17 Keyingi Fatir • Oyat 19