Ular: «Bizdan g`am-qayg`uni ketkazgan Allohga hamdu sano bo`lsin. Albatta, Robbimiz o`ta mag`firatli va Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi)dir», – derlar. Fotir 35:34 ⧉
Tafsir:
Jannatga kirganlaridan keyin shunday dedilar: "Bizdan doʻzaxga kirib qolish xavfini, xafalikni aritgan Allohga hamd boʻlsin. Darhaqiqat, Parvardigorimiz tavba qilgan bandalariga Kechirimli, ularning qilgan toat-ibodatlaridan minnatdor boʻladigan Zotdir.