Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fotir — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Fotir • Oyat 45 dan 37 • Oʻzbekcha


وَهُمْ يَصْطَرِخُونَ فِيهَا رَبَّنَا أَخْرِجْنَا نَعْمَلْ صَالِحًا غَيْرَ الَّذِي كُنَّا نَعْمَلُ ۚ أَوَلَمْ نُعَمِّرْكُمْ مَا يَتَذَكَّرُ فِيهِ مَنْ تَذَكَّرَ وَجَاءَكُمُ النَّذِيرُ ۖ فَذُوقُوا فَمَا لِلظَّالِمِينَ مِنْ نَصِيرٍ 37
Tarjima:
Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yo`qdir», (deyilur). Fotir 35:37
Tafsir:
Ular jahannamda bor ovozlari bilan: "Parvardigoro, bizni doʻzaxdan chiqar, Seni rozi qilish va azobingdan xalos boʻlish uchun u dunyoda oldin qilib oʻtgan amallarimizdan boshqa yaxshi amallarni qilamiz", deya dod-faryod qiladilar. Shunda Alloh taolo shunday javob beradi: "Sizlarga eslatma oladigan odam eslatma olgudek, keyin tavba qilib, yaxshi amallar qilgudek umr bermadikmi?! Sizlarga Allohning azobidan ogohlantiradigan paygʻambar kelmaganmidi? Bas, endi hech qanday hujjatingiz ham, hech qanday uzringiz ham oʻtmaydi. Endi doʻzax azobini tatiyveringlar! Endi kufru masiyatlar ila oʻzlariga oʻzlari zulm qiligan zolimlarga Allohning azobidan qutqarib qoladigan yoki uni yengillatadigan biron yordamchi, himoyachi boʻlmas!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fotir • Oyat 36 Keyingi Fotir • Oyat 38