U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qo`ygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi o`ziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida g`azabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas. Fatir 35:39 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, U shunday Zotki, yer yuzida sizlarni bir-biridan keyin qoladigan qilib yaratdi. Qanday amal qilishlaringizni sinash uchun shunday qildi. Kim Allohga va paygʻambarlar olib kelgan risolatga kufr keltirsa, oʻziga zarar qiladi. Azobini oʻzi tortadi. Uning kufri Allohga zarar qilmaydi. Kofirlarga kufrlari Parvardigorlari huzurida qattiq gʻazabdan oʻzga narsani ziyoda qilmaydi. Kofirlarga kufrlari ziyondan boshqa narsani ziyoda qilmaydi. Zero, ular Alloh moʻminlar uchun tayyorlab qoʻygan jannatni qoʻldan boy beradilar.