Albatta, Biz O`zimiz o`liklarni tiriltirurmiz va ular taqdim qilgan narsalarni va qoldirgan asarlarni yozurmiz. Ochiq-oydin imomda(ya'ni nomai a'molda) har bir narsaning hisobini olib qo`yganmiz. Ya-Sin 36:12 ⧉
Tafsir:
Darhaqiqat, Biz Qiyomat kuni hisob-kitob olish uchun oʻliklarni tiriltirurmiz. Ularning shu dunyoda qilib oʻtgan yaxshi-yomon ishlarini yozib qoʻyurmiz. Oʻlganlaridan keyin qoldirgan izlarini ham, sadaqai joriya kabi yaxshi ish boʻladimi, kufr keltirish kabi yomon ish boʻladimi, hammasini yozib qoʻyurmiz. Aniq Kitobda, yani, Lavhul-Mahfuzda hamma narsaning hisobini olib qoʻyganmiz.