Ular: «Badgumonligingiz o`zingiz bilan. Sizga eslatma berilganigami?! Yo`q! Siz o`zingiz isrofchi qavmsiz», dedilar. Yosin 36:19 ⧉
Tafsir:
Paygʻambarlar ularga shunday javob berdilar: "Allohga kufr keltirganingiz va paygʻambarlariga itoat etishdan bosh tortganingiz tufayli badgumonligingiz kasofati oʻzingizga uradi. Sizlarga Allohni eslatgan odamni shumoyoq, deysizlarmi?! Aslo! Aksincha, oʻzingiz kufru masiyatlar bobida haddan oshgan qavmsiz".