Va Menga ibodat qiling, mana shu to`g`ri yo`ldir», deb amr qilmagan edimmi?! Yosin 36:61 ⧉
Tafsir:
Ey Odam bolalari, sizlarni yolgʻiz Mengagina ibodat qilishga, hech narsani Menga sherik qilmaslikka buyurgan edim. "Yolgʻiz Mengagina toat-ibodat qilish roziligim va jannat sari olib boradigan eng toʻgʻri yoʻldir", degan edim. Sizlar esa buyruqlarimni bajarmadinglar.