Bugungi kunda ularning og`izlariga muhr uramiz. Nima kasb qilganlarini Bizga qo`llari so`zlar va oyoqlari guvohlik berur. Ya-Sin 36:65 ⧉
Tafsir:
Bugun ogʻizlarini muhrlab qoʻyamiz. Qilib oʻtgan kufru masiyatlarini tillari bilan inkor qila olmaydilar. Dunyoda qilib oʻtgan gunohlari haqida esa qoʻllari soʻzlaydi, oyoqlari guvohlik beradi.