Agar xohlasak, ularni joylarida qotirib qo`yurmiz. Bas, oldinga yurishga ham qodir bo`lmaslar, ortga ham qayta olmaslar. Ya-Sin 36:67 ⧉
Tafsir:
Ularning xilqatini oʻzgartirmoqchi, oʻzlarini turgan joylarida qotirib qoʻymoqchi boʻlsak, shunday qilgan boʻlar edik. Bas, oʻrinlaridan qimirlayolmay qolardilar. Na oldga bora olardilar va na ortga qayta olardilar.