Magar birorta so`zni o`g`rilikcha tinglagan shaxs bo`lsa, uni yoquvchi olov ta'qib etar. As-Saffat 37:10 ⧉
Tafsir:
Shaytonlardan birontasining bir ilib olgani bundan mustasno. Bu farishtalar oʻrtasida aylanib, hali yergacha yetib kelmagan bir soʻzdir. Unga ham bir uchar yulduz yetib olib, kuydirib yuboradi. Uchar yulduzlar kuydirib yuborishidan oldin uni jinlar kohinlarga yetkazishi va ular birga yuzni qoʻshib yolgʻon toʻqishlari ham mumkin.