Va Biz unga mulkini quvvatli qilib berdik hamda hikmatni va hal qilguvchi kitobni berdik. Sod 38:20 ⧉
Tafsir:
Dushmanlariga qarshi kuch-qudrat, haybat va gʻalabani berib, davlatini qudratli qildik. Oʻziga paygʻambarlikni va eng toʻgʻri qaror ola bilishni hamda maqsadini ravon tushuntira olish qobiliyatini ato etdik.