Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Sad — Oyat 26 (Oʻzbekcha) — Video

Sad • Oyat 88 dan 26 • Oʻzbekcha


يَا دَاوُودُ إِنَّا جَعَلْنَاكَ خَلِيفَةً فِي الْأَرْضِ فَاحْكُمْ بَيْنَ النَّاسِ بِالْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعِ الْهَوَىٰ فَيُضِلَّكَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ ۚ إِنَّ الَّذِينَ يَضِلُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ بِمَا نَسُوا يَوْمَ الْحِسَابِ 26
Tarjima:
Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana, u seni Allohning yo`lidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yo`lidan adashadiganlarga, unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir. Sad 38:26
Tafsir:
Ey Dovud, diniy va dunyoviy hukmlarni ijro etishing uchun seni yer yuziga xalifa qilib tayinladik. Bas, odamlar orasida adolat bilan hukm yurit. Hukm chiqarayotganingda havoyi nafsga ergashib, doʻstlik, qarindoshlik yoki adovat tufayli adolatdan chetlab ketma. Natijada havoyi nafs seni toʻgʻri yoʻldan ozdirib yubormasin. Allohning toʻgʻri yoʻlidan ozganlar uchun hisob kunini, yani, qiyomat kunini unutganlari bois qattiq azob bordir. Qiyomatni eslaganlarida undan qoʻrqqan va havoyi nafslariga ergashmagan boʻlardilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Sad • Oyat 25 Keyingi Sad • Oyat 27