Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Sad — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

Sad • Oyat 88 dan 28 • Oʻzbekcha


أَمْ نَجْعَلُ الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ كَالْمُفْسِدِينَ فِي الْأَرْضِ أَمْ نَجْعَلُ الْمُتَّقِينَ كَالْفُجَّارِ 28
Tarjima:
Yo`q! Biz iymon keltirib, solih amallar qilganlarni yer yuzida buzg`unchilik qiluvchilar kabi qilarmidik?! Yo`q! Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?! Sad 38:28
Tafsir:
Allohga iymon keltirib, paygʻambariga ergashib, yaxshi amallar qiladigan moʻminlarni hech qachon yer yuzida kufru masiyatlar ila buzgʻunchilik qiladigan kofirlarga oʻxshatib qoʻymaymiz. Parvardigorlaridan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qiladigan moʻminlarni hech qachon gunoh loyiga botgan munofiqlar, kofirlar kabi qilib qoʻymaymiz. Ularni tenglashtirish Alloh taoloning shaniga noloyiq boʻlgan bir jabrdir. Aksincha, Alloh taqvodor moʻminlarni jannat bilan siylaydi. Badbaxt kofirlarni esa doʻzaxga kiritib, jazolaydi. Chunki bu ikki toifa Allohning nazdida teng emas. Shunday boʻlgach, ularning jazo yoki mukofot olishlari ham bir-biriga oʻxshamaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Sad • Oyat 27 Keyingi Sad • Oyat 29