Sen: «Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos. Hech bir ibodatga sazovor zot yo`qdir, magar yagona va Qahhor (barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni O`z hukmiga yuritib va qudrati ila bo`ysundirib turuvchi) Allohgina bor. Sad 38:65 ⧉
Tafsir:
Ey Muhammad, qavmingiz orasidagi kofirlarga ayting: "Men faqat Allohning azobidan ogohlantiraman, xolos. Bu azob kufr va paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarish tufayli boshingizga tushadi. Allohdan oʻzga chin mabud yoʻq. U Oʻzining buyukligida ham, sifatlarida ham, nomlarida ham Yagonadir. U hamma narsadan Gʻolibdir, Qahhordir. Hamma narsa Unga boʻysunguvchidir.