Allohga nisbatan yolg`on gapirgan va o`ziga sodiq (so`z) kelganida uni yolg`onga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?! Az-Zumar 39:32 ⧉
Tafsir:
Alloh shaniga sherigi bor, jufti bor, bolasi bor kabi noloyiq gap aytgan kimsadan koʻra zolimroq odam yoʻq. Paygʻambar alayhissalomga kelgan vahiyni yolgʻonga chiqargan kimsadan koʻra zolimroq odam yoʻq. Allohni va Paygʻambar alayhissalom olib kelgan risolatni inkor etgan kofirlarga jahannamda joy yoʻq ekanmi? Juda ham bor-da.