Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 125 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 125 • Oʻzbekcha


وَمَنْ أَحْسَنُ دِينًا مِمَّنْ أَسْلَمَ وَجْهَهُ لِلَّهِ وَهُوَ مُحْسِنٌ وَاتَّبَعَ مِلَّةَ إِبْرَاهِيمَ حَنِيفًا ۗ وَاتَّخَذَ اللَّهُ إِبْرَاهِيمَ خَلِيلًا 125
Tarjima:
Yaxshilik qiluvchi bo`lgan holida yuzini Allohga taslim qilgan va Ibrohimning to`g`ri diniga ergashgan kimsaning dinidan ham yaxshiroq din bormi? Va Alloh Ibrohimni do`st tutgan edi. An-Nisa 4:125
Tafsir:
Zohirda ham, botinda ham Allohga toʻla taslim boʻlib, niyatini xolis qilgan, shariatga ergashishni qiyomiga yetkazib bajargan, Muhammad alayhissalom olib kelgan dinning asli boʻlmish Ibrohim diniga ergashib, shirku kufrdan tavhidu iymonga oʻtgan kimsaning dinidan ham goʻzalroq din yoʻqdir. Alloh taolo paygʻambari Ibrohim alayhissalomni boshqa bandalari orasidan tanlab olib, u kishiga alohida mehr-muhabbat koʻrsatib, Oʻziga doʻst tutgan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 124 Keyingi An-Nisa • Oyat 126