Yahudiy bo`lganlarga, ularning zulmi, Allohning yo`lidan ko`p to`sganlari uchun, o`zlariga halol qilingan narsani harom qildik. An-Nisa 4:160 ⧉
Tafsir:
Yahudiylarning zulmi tufayli ularga oldin halol boʻlgan ayrim mazali ozuqalarni harom qilib qoʻydik. Ularga har bir tirnoqli hayvonni hamda sigir va qoʻylarning yogʻlarini harom qildik. Oʻzlarini ham, boshqalarni ham Allohning yoʻlidan toʻsaverganlari tufayli shunday qildik. Toʻsaverib-toʻsaverib yaxshilikdan toʻsish ularning bir xulqiga aylanib ketgandi.