Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 51 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 51 • Oʻzbekcha


أَلَمْ تَرَ إِلَى الَّذِينَ أُوتُوا نَصِيبًا مِنَ الْكِتَابِ يُؤْمِنُونَ بِالْجِبْتِ وَالطَّاغُوتِ وَيَقُولُونَ لِلَّذِينَ كَفَرُوا هَٰؤُلَاءِ أَهْدَىٰ مِنَ الَّذِينَ آمَنُوا سَبِيلًا 51
Tarjima:
Kitobdan nasibador bo`lganlarning botilga va tog`utga iymon keltirishlarini va kufr keltirganlarni (ko`rsatib): «Anavilar, iymon keltirganlardan ko`ra hidoyatliroq yo`ldalar», deyishlarini ko`rmaysanmi?! An-Nisa 4:51
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, yahudiylarning ahvolini bilmaysizmi va undan hayron boʻlmaysizmi? Alloh ularga ilmdek buyuk nematdan nasiba berdi. Ular esa Allohni qoʻyib, oʻzlari toʻqib olgan mabudlariga sigʻinadilar. Bu ham yetmagandek, mushriklar haqida: "Ular Muhammadning sahobalaridan koʻra toʻgʻriroq yoʻldalar", deydilar. Bu gaplarini bir evaz ilinjida, mushriklar ham ularni qoʻllab-quvvatlashlaridan umidvor boʻlib aytadilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 50 Keyingi An-Nisa • Oyat 52