Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 66 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 66 • Oʻzbekcha


وَلَوْ أَنَّا كَتَبْنَا عَلَيْهِمْ أَنِ اقْتُلُوا أَنْفُسَكُمْ أَوِ اخْرُجُوا مِنْ دِيَارِكُمْ مَا فَعَلُوهُ إِلَّا قَلِيلٌ مِنْهُمْ ۖ وَلَوْ أَنَّهُمْ فَعَلُوا مَا يُوعَظُونَ بِهِ لَكَانَ خَيْرًا لَهُمْ وَأَشَدَّ تَثْبِيتًا 66
Tarjima:
Agar Biz ularga, o`zlaringizni o`ldiring yoki o`zingizni diyorlaringizdan chiqaring, deb farz qilganimizda, ozginalaridan boshqasi buni qilmas edilar. Ular o`zlariga va'z qilingan narsalarni qilganlarida edi, o`zlariga yaxshi va sabotlari mustahkam bo`lar edi. An-Nisa 4:66
Tafsir:
Ularga bir-birlarini oʻldirishni yoki diyorlaridan chiqishni buyurganimizda edi, bu farmonimizni juda ozchiligi bajargan boʻlardi. Shunday ekan, Alloh ularga bu qadar ogʻir ishni buyurmagani uchun U Zotga hamd aytsinlar. Oʻzlariga qilinayotgan Allohga itoat etish haqidagi pandu nasihatlarga amal qilganlarida edi, oʻzlariga yaxshiroq va iymonlari mustahkamroq boʻlardi. Biz ularga ulugʻ savob ato etib, ularni Allohga va U Zotning jannatiga olib boradigan yoʻlga muvaffaq aylagan boʻlardik.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 65 Keyingi An-Nisa • Oyat 67