Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 69 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 69 • Oʻzbekcha


وَمَنْ يُطِعِ اللَّهَ وَالرَّسُولَ فَأُولَٰئِكَ مَعَ الَّذِينَ أَنْعَمَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ مِنَ النَّبِيِّينَ وَالصِّدِّيقِينَ وَالشُّهَدَاءِ وَالصَّالِحِينَ ۚ وَحَسُنَ أُولَٰئِكَ رَفِيقًا 69
Tarjima:
Kim Allohga va Rasulga itoat qilsa, bas, ana o`shalar Alloh ne'mat bergan nabiylar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birgadirlar. Va ular qanday ham yaxshi rafiq (hamroh)lardir! An-Nisa 4:69
Tafsir:
Kim Allohga va Paygʻambarga itoat etsa, paygʻambarlar bilan, paygʻambarlar olib kelgan hukmlarni toʻla tasdiq etib, ularga toʻla amal qilgan siddiqlar bilan, Allohning yoʻlida jon bergan shahidlar bilan, zohiri ham, botini ham, amallari ham yaxshi boʻlgan solihlar bilan jannatga kiradi. Ular naqadar yaxshi hamrohlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 68 Keyingi An-Nisa • Oyat 70