Kim yaxshi shafoat qilsa, undan o`z nasibasi bo`lur. Kim yomon shafoat qilsa, undan o`z nasibasi bo`lur. Alloh har bir narsaning bahosini beruvchi Zotdir. An-Nisa 4:85 ⧉
Tafsir:
Kim odamlarga yaxshilik qilishga harakat qilsa, oʻziga ham savobidan tegadi. Kim birovlarga yomonlik qilish payida boʻlsa, oʻziga ham uning gunohidan bir ulush tegadi. Alloh inson qilayotgan hamma ishga guvoh boʻlib turadi va yaqinda uning jazo yo mukofotini beradi. Demak, qaysi biringiz bir yaxshilik boʻlishiga sabab boʻlsangiz, oʻzingiz ham uning savobidan bahramand boʻlasiz. Kim biron yomonlik yuz berishiga sabab boʻlsa, uning bir uchi oʻziga ham tegadi.