Muso ularga Bizning huzurimizdan haq ila kelgan chog`da, ular: «U bilan birga iymon keltirganlarning o`g`illarini qatl qilinglar, qizlarini tirik qoldiringlar», dedilar. Kofirlarning makr-hiylasi zalolatdan boshqa narsa emas. G‘ofir 40:25 ⧉
Tafsir:
Muso alayhissalom oʻzining haq ekaniga hujjat keltirganidan keyin Firavn dedi: "U bilan birga iymon keltirganlarni xorlab, oʻgʻillarini oʻldirib, ayollarini tirik qoldiringlar". Kofirlarning moʻminlar sonini oz sanab qilgan bu nayranglari ish bermaydi, tasiri boʻlmaydi.