Landscape MP4 Vertical MP4

Sura G‘ofir — Oyat 39 (Oʻzbekcha) — Video

G‘ofir • Oyat 85 dan 39 • Oʻzbekcha


يَا قَوْمِ إِنَّمَا هَٰذِهِ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا مَتَاعٌ وَإِنَّ الْآخِرَةَ هِيَ دَارُ الْقَرَارِ 39
Tarjima:
Ey qavmim, bu dunyo hayoti vaqtinchalik bir matoh, xolos. Albatta, oxirat, o`shaning o`zi barqarorlik diyoridir. G‘ofir 40:39
Tafsir:
Ey qavmim, bu dunyo hayoti bir zumda oʻtib ketadigan oʻtkinchi bir lazzatlanib olishdan boshqa narsa emas. Undagi foniy matohlarga, lazzatlarga aldanib qolmanglar. Oxirat diyori esa oʻzidagi tuganmas nematlari ila barqaror qarorgohdir. Shunday ekan, Allohga toat-ibodat qilish ila unga erishishga harakat qilinglar. Oʻtkinchi hayotingiz bilan ovora boʻlib, oxiratni qoʻldan boy berib qoʻymanglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi G‘ofir • Oyat 38 Keyingi G‘ofir • Oyat 40