Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ghafir — Oyat 4 (Oʻzbekcha) — Video

Ghafir • Oyat 85 dan 4 • Oʻzbekcha


مَا يُجَادِلُ فِي آيَاتِ اللَّهِ إِلَّا الَّذِينَ كَفَرُوا فَلَا يَغْرُرْكَ تَقَلُّبُهُمْ فِي الْبِلَادِ 4
Tarjima:
Allohning oyatlari haqida faqatgina kufr keltirganlar talashib-tortishurlar. Bas, ularning yurtlarda aylanib yurishlari seni aldab qo`ymasin. Ghafir 40:4
Tafsir:
Allohning yagona ilohligiga va paygʻambarlarining haqligiga dalolat qiluvchi oyatlari haqida Allohga kufr keltirganlargina talashib-tortishadilar. Chunki ularning aqllarida bir kamchilik bor. Siz ulardagi rizqning moʻlligi, nematlarning koʻpligiga aldanib qolmang. Bu bir istidroj, xolos. Istidroj - qoʻyib berish, muhlat berish, tez jazolamasdan koʻproq gunoh qilishiga imkon berib, oxirida jazoga tortish. Arqonni uzun tashlab qoʻyishga toʻgʻri kelsa kerak.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ghafir • Oyat 3 Keyingi Ghafir • Oyat 5