Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ghafir — Oyat 56 (Oʻzbekcha) — Video

Ghafir • Oyat 85 dan 56 • Oʻzbekcha


إِنَّ الَّذِينَ يُجَادِلُونَ فِي آيَاتِ اللَّهِ بِغَيْرِ سُلْطَانٍ أَتَاهُمْ ۙ إِنْ فِي صُدُورِهِمْ إِلَّا كِبْرٌ مَا هُمْ بِبَالِغِيهِ ۚ فَاسْتَعِذْ بِاللَّهِ ۖ إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ 56
Tarjima:
Albatta, Allohning oyatlari haqida o`zlariga kelgan hujjatsiz talashib-tortishadiganlarning dillarida kibrdan o`zga narsa yo`q. Ular unga yetishguvchi emaslar. Bas, Allohdan panoh so`ra. Albatta, Uning O`zi o`ta eshitguvchi, o`ta ko`rguvchi Zotdir. Ghafir 40:56
Tafsir:
Allohning oyatlarini nohaqqa chiqarish uchun biron dalilsiz, hujjatsiz talashib-tortishayotganlarning bu ishlari haqni tan olishdan oʻzlarini katta olib, takabburlik qilayotganlaridan oʻzga narsa emas. Ular hech qachon oʻzlari istayotgan choʻqqiga yeta olmaydilar. Bas, ey Paygʻambar, Allohdan panoh soʻrang, U Zotga yukuning. Albatta U, bandalarining aytayotgan gaplarini eshitib, qilayotgan ishlarini koʻrib turadigan Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmas va yaqinda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini berur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ghafir • Oyat 55 Keyingi Ghafir • Oyat 57