Nihoyat, unga yetib kelishgach, quloqlari, ko`zlari va terilari qilib o`tgan narsalari haqida ularga qarshi guvohlik beradilar. Fussilat 41:20 ⧉
Tafsir:
Doʻzaxga yetib kelganlarida esa dunyoda qilib oʻtgan ishlaridan tonadilar. Shunda ularning quloqlari, koʻzlari va terilari oʻzlariga qarshi guvohlik berib, dunyoda qilib oʻtgan kufru masiyatlarini aytib beradilar.