Yana Uning oyatlaridan, yerni qaqragan holda ko`rishingdir. Bas, Biz uning ustidan suv tushirsak, u qimirlar va o`sar. Uni tiriltirgan Zot, albatta, o`liklarni ham tiriltirguvchidir. Albatta, U zot har bir narsaga qodirdir. Fussilat 41:39 ⧉
Tafsir:
Allohning birligi, buyukligi va qayta tiriltirishga qodirligiga dalolat qiladigan oyatlaridan biri shuki, siz bir tap-taqir yerni koʻrasiz. Unga yomgʻir yogʻdirsak, ichidagi urugʻlar ozuqalanib, zamin harakatga keladi. Mana shu oʻlik yerni tiriltirgan Zot oʻlik odamlarni ham tiriltirishga va hisob-kitob qilib, jazo yoki mukofotlarini berishga Qodir.