Qachon insonga ne'mat bersak, u yuz o`girar va yonboshi ila uzoqlashar. Qachon uni yomonlik tutsa, bas, u uzundan-uzoq duo egasidir. Fussilat 41:51 ⧉
Tafsir:
Agar insonga sogʻlik, tinchlik-omonlik kabi nematlarni ato etsak, Allohni eslash va Unga toat-ibodat qilishni unutib, takabburlik bilan yuz oʻgirib ketadi. Agar kasallik, kambagʻallik kabi musibatlarga yoʻliqsa, Allohga koʻp-koʻp duo qiladigan boʻlib qoladi. Xullas, na nematga shukr qiladi va na baloga sabr.