Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 14 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 14 • Oʻzbekcha


وَمَا تَفَرَّقُوا إِلَّا مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَهُمُ الْعِلْمُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِنْ رَبِّكَ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى لَقُضِيَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّ الَّذِينَ أُورِثُوا الْكِتَابَ مِنْ بَعْدِهِمْ لَفِي شَكٍّ مِنْهُ مُرِيبٍ 14
Tarjima:
Ular faqat o`zlariga ilm kelgandan keyingina, o`zaro hasad-adovat qilishib tafriqaga tushdilar. Agar Robbingdan (azoblashni) ma'lum muddatgacha (qoldirish) haqida so`z o`tgan bo`lmaganida, ular orasida albatta hukm chiqarilgan bo`lur edi. Albatta, ulardan keyin kitobga voris qilinganlar u haqida shak-shubhadadirlar. Shuro 42:14
Tafsir:
Kofir va mushriklar Muhammad alayhissalomning paygʻambar boʻlib kelishi haqidagi hujjat kelganidan keyin oʻzaro adovatlashib, guruh-guruhlarga boʻlinib ketdilar. Allohning ilmida ularga yuboriladigan azob muayyan muddatga, Qiyomat kunigacha kechiktirilishi haqida gap oʻtmaganida edi, Alloh ular ustidan Oʻz hukmini chiqarib, bir zumda ularni jazolagan boʻlardi. Tavrot vorisi boʻlgan yahudiylar ham, Injil vorisi boʻlgan nasroniylar ham, ulardan keyingi mushriklar ham Muhammad alayhissalom olib kelgan Quron haqida shak-shubhadadirlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 13 Keyingi Shuro • Oyat 15