Alloh haqida unga ijobat qilinganidan keyin ham talashib-tortishadiganlarning hujjatlari Robbilari huzurida botildir, ularga g`azab bordir va ularga shiddatli azob bordir. Shuro 42:16 ⧉
Tafsir:
Muhammad alayhissalomga nozil qilingan dinni odamlar qabul qilganidan keyin yana u haqda talashib-tortishadiganlarning hujjati Allohning nazdida ham, moʻminlar nazdida ham behudadir, betasirdir. Ular haqni tan olmay kofir boʻlganlari uchun Allohning gʻazabiga uchraydilar. Qiyomat kuni esa qattiq azobga giriftor boʻladilar.