Yoki ularning dindan Alloh izn bermagan narsalarni shariat qilib bergan sherik(xudo)lari bormi?! Agar ajrim kalimasi bo`lmaganida, albatta, ular o`rtasida hukm qilingan bo`lar edi. Albatta, zolim kimsalar uchun alamli azob bordir. Shuro 42:21 ⧉
Tafsir:
Yoki anavi mushriklarning Allohdan boshqa xudolari bormiki, ularga dindan shirk, halolni harom qilish, haromni esa halol qilish kabi Alloh izn bermagan narsalarni shariatlashtirib bergan boʻlsalar. Agar Alloh yaxshi bilan yomonni ajratish uchun ajrim kunini aniq belgilab qoʻymaganida ular ustidan hukm chiqarilgan boʻlardi. Shirku masiyatlar ila oʻz joniga jabr qilgan zolimlar uchun Qiyomat kuni alamli azob bordir.