Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 29 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 29 • Oʻzbekcha


وَمِنْ آيَاتِهِ خَلْقُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَثَّ فِيهِمَا مِنْ دَابَّةٍ ۚ وَهُوَ عَلَىٰ جَمْعِهِمْ إِذَا يَشَاءُ قَدِيرٌ 29
Tarjima:
Uning (qudrati) oyat(belgi)laridan osmonlaru yerning yaratilishi va ularda turli jonivorlarning taratib qo`yilishidir. Va U zot, agar xohlasa, ularni jamlashga qodirdir. Shuro 42:29
Tafsir:
Osmonlaru yerning yaratilishi va ularga sochib yuborilgan xilma-xil ajoyib maxluqotlar Allohning yagonaligi va qudratiga dalolat qiladigan oyatlaridandir. U Zot istagan paytida ularni hisob-kitob qilish va jazo yoki mukofotlarini berish uchun jamlab olishga Qodir. Ularni dastlab qanday yoʻqdan bor qilgan boʻlsa, oʻshanday yana qayta tiriltiraveradi. Bu ish U Zot uchun ogʻir emas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 28 Keyingi Shuro • Oyat 30