Sizga berilgan narsalar dunyo hayotining matohi, xolos. Allohning huzuridagi yaxshi va boqiy narsalar esa, iymon keltirgan va Robbilariga tavakkal qilganlar uchundir. Ash-Shura 42:36 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, sizlarga berilgan mol-dunyo, obroʻ-etibor, farzand kabi nematlar shu dunyoning oʻtkinchi matosidir. Haqiqiy barqaror, mangu nemat esa Allohga iymon keltirib, barcha ishlarida Ungagina tavakkul qiladigan moʻminlar uchun tayyorlab qoʻygan abadiy jannatdir.