Shubhasiz, kim sabr qilib, kechirsa, albatta, bu mardlik ishlaridandir. Ash-Shura 42:43 ⧉
Tafsir:
Kim boshqalarning ozorlariga sabr qilib, kechirib yuborsa va bu ishi oʻziga ham, jamiyatga ham foyda keltirsa, bas, u mardlik qilibdi. Bunday mardlik har kimga ham nasib qilavermaydi. Bu maqomga buyuk nasibadorlargina noil boʻladilar.