Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Shuro — Oyat 45 (Oʻzbekcha) — Video

Shuro • Oyat 53 dan 45 • Oʻzbekcha


وَتَرَاهُمْ يُعْرَضُونَ عَلَيْهَا خَاشِعِينَ مِنَ الذُّلِّ يَنْظُرُونَ مِنْ طَرْفٍ خَفِيٍّ ۗ وَقَالَ الَّذِينَ آمَنُوا إِنَّ الْخَاسِرِينَ الَّذِينَ خَسِرُوا أَنْفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ أَلَا إِنَّ الظَّالِمِينَ فِي عَذَابٍ مُقِيمٍ 45
Tarjima:
Sen ularni u(do`zax)ga ko`ndalang qilinayotganlarida xoru zor va qo`rqqan hollarida ko`z qiri bilan nazar solayotganlarini ko`rursan. Iymon keltirganlar: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni o`zlariga va ahli ayollariga ziyon qilganlardir», derlar. Ogoh bo`lingkim, albatta, zolimlar doimiy azobdadirlar. Shuro 42:45
Tafsir:
Ey Paygʻambar, koʻrasizki, zolimlar doʻzaxga roʻbaroʻ qilinganlarida egilib, xor boʻlib turadilar. Xavfning zoʻridan odamlarga tik qaray olmaydilar. Faqat koʻz qirlari bilangina nazar tashlaydilar. Shunda Allohga va paygʻambarlarga iymon keltirganlar: "Haqiqiy yutqazuvchilar Qiyomat kuni azobga giriftor boʻlib, oʻzlarini ham, oilalarini ham yutqazib qoʻygan kimsalardir", dedilar. Ogoh boʻlingizkim, zolimlar hech qachon toʻxtamaydigan abadiy azobdadirlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Shuro • Oyat 44 Keyingi Shuro • Oyat 46