Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bo`lgan Allohning yo`liga (hidoyat qilursan). Ogoh bo`lingkim, barcha ishlar Allohgagina qaytur. Shuro 42:53 ⧉
Tafsir:
Osmonlaru yerdagi hamma mulkning egasi boʻlgan Allohning yoʻliga. Hamma-hammasining egasi. Oʻzi yaratgan, Oʻzi egalik qiladi, Oʻzi boshqaradi. Hamma ishlarning taqdiri ham, tadbiri ham yolgʻiz Allohga qaytadi, havola qilinadi.