Toki, siz ularning ustiga o`rnashgaysizlar, so`ngra, ularning ustiga o`rnashib olgach, Robbingiz ne'matini eslab: «Bizga buni bo`ysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik. Az-Zukhruf 43:13 ⧉
Tafsir:
Sizlarga shuncha nematlarni ato etdi. Toki, safarlaringizda ularni ustlariga oʻrnashib olib, Parvardigoringizning nematini eslanglar va shunday deb aytinglar: "Bizga mana shu ulovni boʻysundirib bergan Zot har qanday nuqsondan Pokdir. Biz bu ulovga oʻz hukmimizni oʻtkazyapmiz. Agar uni Alloh bizga boʻysundirib bermaganida, oʻzimizning qoʻlimizdan kelmas edi".